10:00 / 09.10.2017
6659

Medvedev: Rossiya atom energetikasi sohasida Jazoirga yordam berishga tayyor

Foto: Sputnik International

Rossiya Jazoirga atom energetikasi sohasida o‘z texnologiyalarini va texnik yechimlarini taklif etishga tayyor. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Jazoirning APS axborot agentligiga bergan intervyusida bayonot berdi. Suhbatning to‘liq matni Rossiya hukumati saytida joylashtirilgan. 

«Agar mamlakatingizda milliy atom sanoatini rivojlantirishga qaror qilinsa, biz o‘z texnologiyalarimizni va texnik yechimlarni taklif qilishga tayyormiz. Ayni vaqtda Rossiya Jazoir uchun sohaviy atomchi mutaxassislarni tayyorlamoqda», — degan Rossiya bosh vaziri. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Moskva shu bilan birga shamol va quyosh stansiyalari orqali «toza» elektr energiyasi ishlab chiqish loyihalarini ham muhokama qilishi mumkin. Bundan tashqari, bosh vazir Rossiya-Jazoir hamkorligini rivojlantirish mumkin bo‘lgan sohalar borasida fikr bildirgan. Uning aytishicha, yer osti boyliklaridan foydalanish, suv transporti, yuqori texnologiyalar va fazo, qurilish, farmatsevtikalardir.

Dmitriy Medvedev 9-10 oktabr kunlari Jazoirga borishi avvalida ushbu mamlakat OAViga intervyu bergan. 

Top