Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha kibermudofaa qo‘shinlariga ega bo‘ldi
Polsha mudofaa vaziri Antoniy Macherevich mamlakatda kibernetik mudofaa qo‘shinlarining paydo bo‘lganini e'lon qildi.
Bu haqda Wiadomości xabar bermoqda.
«Biz kibernetik qo‘shinlarni yaratishga, shuningdek, Kriptologiya milliy markazini kengaytirishga qaror qildik» - dedi Macherevich kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan CYBERSEC anjumanida.
O‘z navbatida, bosh vazir Beata Shidlo kibermuhit bo‘yicha departamentning tashkil etilishini e'lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rzeczpospolita rossiyalik hakerlar Polsha Tashqi ishlar vazirligi tizimiga hujum uyushtirgani haqida xabar bergan edi.