Sport | 00:44 / 09.10.2017
14718
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Afrikadan ikkinchi yo‘llanma. 28 yilda ilk marta

Misr terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi 5-turda Kongo terma jamoasidan ustun keldi (2:1).

Muhammad Salohning dubli jamoaga yo‘llanmani taqdim etdi. Ayniqsa Saloh 95-daqiqada kiritgan goli bilan millat qahramoniga aylandi va terma jamoasini Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yishida bosh rolni o‘ynadi.

Bu misrliklar uchun uchinchi marta mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritilishi bo‘ldi. Shuningdek terma jamoa so‘nggi 28 yilda ilk marta jahon chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Guruhda misrliklar 5 uchrashuvda 12 ochko to‘pladi. Kutilmagan natija sifatida esa Gana terma jamoasining yo‘llanmani qo‘lga kirita olmaganini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

JCh-2018, saralash bosqichi. Afrika
5-tur

Misr — Kongo 2:1 (0:0)

Gollar: Saloh (63, 90+5, penalti) — Buka (87).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid