Jahon | 13:21 / 10.10.2017
47221
2 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev Markaziy Osiyoga aloqador navbatdagi bayonot bilan chiqdi

«Demokratiyasiz Markaziy Osiyo mintaqasi ham, dunyo ham porloq istiqbolga ega bo‘lmaydi», - deya ma'lum qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Nyu-Yorkka qilgan safari chog‘ida Time jurnaliga bergan intervyusida.

Atamboyev dunyoda terrorizm keskin o‘sganini misol sifatida keltirgan. «Hozirda bu IShID, keyinchalik yana bir narsa bo‘ladi. Bu terrorizmning sababi nimada? Nima uchun faqat musulmon mamlakatlarda? Chunki musulmon mamlakatlarida tengsizlik va ijtimoiy adolatsizlik juda sezilarli hisoblanadi. Ba'zi davlatlar o‘zlarini respublika deb atashadi, lekin aslida avtoritar va diktatorlikdir, u yerda adolat yo‘q hamda boy va kambag‘allar o‘rtasida katta ijtimoiy farqlar mavjud. Bunday vaziyatlarda oddiy odamlar hokimiyatni demokratik yo‘l bilan o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi va radikal g‘oyalar hukmronlik qila boshlaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi Almazbek Atamboyev.

Prezidentning fikricha, terrorizmga qarshi kurash, ijtimoiy adolatsizlik mavjud ekan, g‘alaba qozonmaydi.

«Biz islomning radikallashishiga musulmonlar uchun uchinchi yo‘l – farovon demokratik musulmon davlat yo‘q ekan, chek qo‘ya olmaymiz. Biz ushbu imkoniyatni musulmon mamlakatlarga Qirg‘iziston misolida ko‘rsatishni istaymiz. Mamlakatimiz aholisining 90 foizi musulmonlardir», - degan Qirg‘iziston prezidenti. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid