Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada davom etayotgan o‘t balosi kamida 10 kishining umriga zomin bo‘ldi
Kamida 10 kishi Amerikaning Kaliforniya shtatida sodir bo‘lgan kuchli o‘rmon yong‘inlari qurboni bo‘ldi. Bu haqda The Los Angeles Times nashri yozmoqda.
Sonoma okrugi sherifining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda 7 kishi halok bo‘lgan. Napa okrugida 2 kishi, Mendochino okrugida yana bir kishi hayot bilan vidolashgan.
Qayd etilishicha, yong‘inlar 1,5 mingdan ortiq uy va sanoat binolarining kulinii ko‘kka sovurgan, ko‘plab odamlar jabrlangan yoki bedarak yo‘qolgan.
Bundan tashqari, 20 mingdan ortiq inson o‘z uylarini tark etgan.
Shtat gubernatori Jyerri Braun Napa, Sonoma, Yuba, Mendosino, Nevada, Orinj, Byutt va Leyk okruglarida favqulodda holat e'lon qildi.
Mavzuga oid
09:15 / 16.06.2026
Kaliforniyada AQShning B-52 strategik bombardimonchisi quladi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
13:07 / 24.01.2026