Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qirg‘izlarga qarshi maxsus tadbirlar o‘tkazilmayapti» - Qozog‘iston IIV
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) davlat chegarasining barcha qismi bo‘ylab, jumladan, Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasi uchastkasida ham rejali chegara amaliyotini o‘tkazmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz agentligi MXQ matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, amaliyotning maqsadi chegara hududida noqonuniy faoliyatni to‘xtatish, terrorchilik, kontrabanda va boshqa jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxslarni aniqlash, shuningdek, chegara tartibi va migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirishdir.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rejali amaliyot tufayli chegaradan o‘tayotgan shaxslar, transport vositalari, yuklar va tovarlar tekshiruvini kuchaytirdi.
«Shu bilan birga chegarani kesib o‘tishda hech qanday cheklovlar yoki taqiqlar joriy etilmadi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasining chegara xizmati bo‘linmalari va harbiy xizmatchilari harakatlari qat'iy qonun doirasida, qozoq va chet el fuqarolarining huquqlarini buzmasdan amalga oshirilmoqda», - deyiladi xabarda.
«Qirg‘izistonliklarga qarshi hech qanday maxsus tadbirlar o‘tkazilmayapti», - deya xabar berishgan agentlikka Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligidan.
4 oktabrdan boshlab Qozog‘iston hududida «Nolegal-2017» tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat tili va axborot boshqarmasi boshlig‘i Olmos Sadubayev.
«11 oktabr kungi holatga ko‘ra, 11 ming 891 nafar chet ellik fuqaro mamlakatda qolish qoidalarini buzgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Ular orasida MDH mamlakatlarining 11 ming 164 va uzoq xorij davlatlarining 727 nafar fuqarosi bor. Huquqbuzarlardan 1 ming 627 nafari mamlakatdan chiqarib yuborildi. Chet el ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish qoidalarini buzgani uchun 420 nafar Qozog‘iston fuqarosi ma'muriy javobgarlikka tortildi», - deydi Olmos Sadubayev.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, dastlabki tergovning yagona reyestrida migratsiya qonunchiligining buzilishi bo‘yicha 120 ta holat qayd etilgan. 28 nafar qidiruvdagi jinoyatchi qo‘lga olingan, ulardan 24 nafari Qozog‘iston va to‘rt nafari MDH mamlakatlari fuqarosi. MDH mamlakatlarining bir ming 13 nafar fuqarosi shaxsiy hujjatlari bo‘lmagani tufayli vaqtinchalik saqlash markazlarida joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasida vaziyat murakkablashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026