Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi turmada yuz bergan mojaro oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi
Meksika shimolidagi Nuevo-Leon shtatida joylashgan turmada ikkita o‘zaro qarama-qarshi guruh o‘rtasida chiqqan mojaro oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda El Universal nashri xabar bermoqda. Turma xodimlari xavfsizligini ta'minlash maqsadida hukumat kuch qo‘llashga majbur bo‘lgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yana 8 kishi jarohat olgan. Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, tartibsizliklarga mahbuslar o‘rtasida chiqqan mushltashuv sabab bo‘lgan. Tartibsizliklarni bostirishga yuborilgan kuchlar keskin choralar ko‘rishga majbur bo‘lgan. Buning oqibatida halok bo‘lgan mahbuslarning aniq soni hozircha ma'lum emas. Ma'lum qilinishicha, mahbuslar politsiya kuchlarining turmaga kira olmasligi uchun yong‘in uyushtirishgan. Voqea joyiga federal politsiya kuchlari va harbiylar tortilgan.
Voqea joyidan olingan videoda politsiyachilar turma hududiga kirib borishlari tasvirlangan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026