Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Shveytsariya oqava suvlarida 1,8 mln dollarlik oltin topdi
Foto: Bloomberg
Shveytsariya dunyoning eng yirik oltin zaxiralari saqlanadigan banklar joylashgan mamlakat ekanini ko‘pchilik biladi. U yerda oltinni qayta ishlovchi yirik zavodlar ham faoliyat yuritadi.
Shveytsariya suv fan va texnologiya federal instituti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijasida ma'lum bo‘lishicha, mamlakatning oqava suv tizimidan yiliga taxminan 43 kg oltin oqib, chiqindiga chiqariladi. Bu esa, 1,8 mln dollar deganidir.
Konfederatsiyaning janubiy Ticino mintaqasidagi “kanalizatsiya suvlarida oltin aralashmasi, uni qayta ishlash uchun kifoya qiladigan darajada yetarli” ekani aytilmoqda. “Bu mintaqada bir nechta oltin zavodlari faoliyat yuritishiga hissa qo‘shishi mumkin”, - deyishmoqda olimlar.
Tadqiqot 64 ta suvni qayta ishlash zavodlarida o‘tkazilgan bo‘lib, oqava suvlarida 3 ming kg kumush ham borligi aniqlandi. Uning qiymati 1,7 mln dollarnii tashkil etadi. Har yili shuncha miqdordagi qimmatbaho metallning chiqindiga aylanishiga ko‘plab kimyoviy va tibbiy sanoat birlashmalari faoliyati sabab ekani aytilmoqda.
Shveytsariya dunyoning eng yirik oltin tozalovchi mamlakati hisoblanadi. Jahonda qazib olingan jami oltinning 70 foizi ushbu mamlakat oltinni qayta ishlash zavodlarida tozalanadi.
Mavzuga oid
07:27 / 25.12.2025
Oltin uchun "poyga": 2000 yildan beri zaxiralarini eng ko‘p oshirgan davlatlar
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
14:13 / 22.12.2025
Oltin narxi tarixda ilk marta 4 400 dollardan oshdi
09:37 / 13.12.2025