Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Keyn uchun yulduzlarining yarmini bermoqchi
«Real» «Tottenhem»dan Harri Keynni xarid qilish niyatidan qaytmayapti. Diario Gol tarqatgan xabarga ko‘ra, inglizlar klubi «Oltin to‘p»ga da'vogarlar ro‘yxatiga kirgan hujumchisini 200 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Madridliklar klubi prezidenti Florentino Peres «shporlar»ga ushbu 24 yoshli futbolchi o‘rniga Garet Beyl, Karim Benzema va Luka Modrichni taklif etmoqchi.
«Qirollik jamoasi»ning ushbu futbolchilari transfer qiymati jami 180 million yevroga teng (Benzema - 60, Beyl - 80, Modrich - 40); .
Qayd etish kerakki, Beyl va Modrich Madridga «Tottenhem»dan kelib qo‘shilgandi. Uelslik futbolchi London jamoasida 2007 yildan 2013 yilgacha to‘p surgan, xorvatiyalik futbolchi esa 2002 yildan 2012 yilgacha to‘p surgan.
Bundan avvalroq «Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan Beylni transferga qo‘yishga roziligini bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
13:31 / 04.05.2026