Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni uzishini e'lon qildi
Birlashgan Arab Amirliklari Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni uzishini e'lon qildi. Shu sababli BAA Shimoliy Koreyaning diplomatik missiyasi to‘xtatilishini ma'lum qildi va o‘zining Pxenyandagi elchisini ortga chaqirtirib olmoqda. Bu haqda BAA tashqi ishlar vazirligining bayonotiga iqtibos keltirgan holda amirlikning WAM axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, BAA Shimoliy Koreya fuqarolariga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga litsenziyalar va yangi vizalar berishni to‘xtatadi.
Ta'kidlanishicha, bu qaror BMT Xavfsizlik kengashi Pxenyanning yadro va raketa sinovlariga qarshi qabul qilgan rezolyutsiyalariga muvofiq qabul qilindi.
5 avgustda BMT Xavfsizlik kengashi bir ovozdan Shimoliy Koreyaga sanksiyalarni kuchaytiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgandi. Yangi sanksiyalar Pxenyanni eksportdan oladigan yillik 3 mlrd dollarlik daromadining uchdan biridan mahrum qiladi.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:03 / 27.05.2026