Nimadan boşlasam ekan… Men sizlarga bobom va u qanday qilib mening hayotimni özgartirib yuborgani haqida sözlab bermoqçiman. Yana Ronaldo haqida. Romario haqida...
Gaplar köp.
Olti yoş edim, yozgi ta'til bölsa-da, har kuni ertalab soat 7:30da turar, Botafogo plyajiga, futbol öynagani ketardim. Plyaj yaqinida kiçik futbol maydonçasi, uning yaqinida esa, avtomobillar turar joyi, doim «bir dollar, bir dollar» deya qiçqirib turadigan kişi turardi. U bir dollar evaziga avtomaşinangizni «himoya qilardi». Uning qiyosi yöq ovozi bilan birgalikda, öşa davrdan menga yerdan taraladigan öziga xos hid yodimda qolgan.
Bu xudud Botafogo fanatlariga tegişli edi. Ba'zida futbol maydonçasi ular bilan tölar, men çetdan aylanib ötardim, ba'zida heç kim yöq, huvillab yotar, lekin har kuni. Xudoning bergan kuni u yerda Marselitoni – ya'ni meni topiş mumkin edi.
Men öşa hidni ham, ikki oyoğim ostidagi koptokni ham yaxşi eslayman, menimça, aynan öşa paytlarda hozirçaga men bilan bölgan haqiqatni tuşunib yetgandirman: agar töp sizning oyoqlaringiz ostida bölsa, aqldan ozdiruvçi baxt, atrofingizda birga öynayotgan şeriklaringiz bormi, yöqmi, boşqa masala, barçasi mana şu töpda mujassam.
Öşa yozda Amerikada 1994 yilgi jahon çempionati davom etayotgandi. Çempionat boşlanmasidan Braziliya bayramona tusga kiradi, atrof yaşillikka burkanadi, köçalar, devorlar, oynalar, odamlarning yuzlari kök va sariq ranglarga böyaladi. Braziliyada ulğaygan har bir bola özida buni his qiladi. Bir paytlar Ronaldoning bolalik xotiralarini öqigandim, u ham bolalik çoğida, 1982 yilgi mundial oldidan köçaga çiqqan va Zikoning rasmini böyaşda qaraşgan ekan.
Ey Ronaldo, agar sen buni öqiyotgan bölsang, bilib qöy, men olti yoşimda, örtoqlarim bilan sening rasmingni böyab çiqqanmiz. Sen biz uçun qahramon eding. Bu doimo qalbimni larzaga keltiradigan xotira.
Xotiralar qiziq böladi, men masalan, öşanda Braziliya qanday qilib finalda ğalaba qozonganini eslay olmayman, hammasi elas-elas, lekin keyingi kuni çiqqan gazetaning boş sahifasidagi rasm köz oldimda turibdi: Samolyotdan Braziliya bayroğiga burkangan holda tuşib kelayotgan Romario göyoki biz uçun dunyoni zabt etgandek edi. Bu rasm menda ulkan faxr tuyğusini paydo qilgan, içimda «e xudoyim, men ham bir kun şunday qilişim kerak» deb öylaganman.
Albatta, bu juda kulgili xomxayol. Avvalo, Braziliyada 200 milliondan ortiq odam yaşaydi va ularning har biri, hatto yoşi kattalari ham futbolçi bölişni orzu qilişadi. Ikkinçidan, men hali haqiqiy futbolçi ham emasdim. Şunçaki, mahalliy futzalda şuğullanib yurar, futbol klublari böylab sayohat qiliş oilam uçun imkonsiz edi. Balki, Amerika yoki Angliyada yaşaydiganlar meni tuşunmaslar, ammo rostan ham öşa paytlari benzin juda qimmat bölgan.
Mavzuga oid
Baxtimga buvam men uçun bor narsasini qurbon qilişga tayyor böladi. U mening hikoyamdagi eng muhim inson bölgani şubhasiz. U özining eski, adaşmasam 1969 yilgi bölsa kerak, Volkswagen maşinasida meni futzal öyinlariga olib borardi. Sakkiz yoki töqqiz yoşimda edim, doimo köçada yuriş, gazga, tuşliklar uçun hxarajat qiliş oğirlik qilib qolayozgan bir pallada, buvamning bir qarori mening kelajagimni özgartirib yuborgandi.
U maşinasini sotib yubordi va bor pulini men öyinlarga borişim uçun avtobus çiptalariga sarfladi. Bu holat uni xafa qilgan yoki u açingan deb öylaysizmi? Yöq. U doimo bitta gapni takrorlaşdan çarçamasdi – «Mening nabiram Riodagi eng buyuk futbolçi. Braziliyada uning tengi yöq. Uni töxtatib bölmaydi!»
Uning közida göyoki men heç qaçon xato qilmas edim. U mening öyinlarimni tomoşa qilib, uyga kelganida otamga «uning öyinini körgani borsanglar bölmaydimi, Marselo bugun nimalar qilib taşladi-ya, ajoyib» - derdi. Afsuski, otam mening öyinlarimni körişga vaqt topa olmas, çunki u erta-yu keç işlaşi kerak edi. Menimça, u buvamni biroz tentak deb ham öylagan bölsa kerak. Hatto men juda yomon öynab, yutqazgan paytlarimda ham buvam meni yupatiş yölini topardi. Xullas u töqqiz yoşimda özimni Ronaldodek his qilişga örgatardi. Rostanam bu ta'sir qilardi, işonavering.
Bir kuni, men öşanda ön yoşlarda edim, öyindan keyin buvam oldimga keldi va Volkswagen Beetle avtomobilini körsatdi:
- Çiq, ketdik uyga.
- Nima bölyapti, qayerdan olding maşinani?
- Jogo do bişo
Bizda şunaqa lotereya turi bor edi. Unçalik qonuniy emas, menimça, lekin şaharçamizda köpçilik öynardi. Qaysidir hayvon bilan boğliq biror raqam tanlaysiz va har kuni yangi rasm paydo böladi. Buvam öşa öyinda qançadir pul yutib olgan va şu maşinani sotib olgandi.
Ajoyib. Biz hamma yerga şu maşinada borardik. Ön beş yoşimda, meni «Fluminense»ga, haqiqiy futbol jamoasiga taklif qilişganda esa, muammolar boşlandi. Ularning bazasi bizdan ikki soatlik yöl bölgan Xeremda joylaşgan, u yerga boriş uçun yoqilğiga pul topa olmasdik. Oqibatda men u yerda qoladigan böldim, buvam har şanba meni olib ketgani kelar va yakşanbani Rioda, oilam bilan ötkazardim.
Qançadir vaqt ötgaç, aniq esimda yöq, men hammasidan zerikdim. Özimni futbolning quli deb his etişni boşlagandim, çunki döstlarimning yozgi ta'tilda mazza qilib plyajlarda dam olayotganini körar, men bu imkoniyatdan öz xohişim bilan voz keçayotgandek edim. Bir kuni buvam kelganida unga ham aytdim.
- Men tugatdim. Bu yerdan ketaman va uyga qaytaman.
- Yöq, yöq. Sen bunday qilmaysan. Şunça kuraşganimizga qaramasdan-a?
- Men zaxirada ötirib qoldim. Men öz yoşligimni qurbon qilyapman. Jonga tegdi.
Şunday deb men höngrab yiğlaşni boşladim.
«Marselo, şunçaki, xotirjam böl», – dedi u – «Sen hozir bu işni qilişga haqqing yöq. Bir kuni men sening Marakanada öynayotganingni körişim kerak».
Bu gap menga ta'sir qildi. «Böpti, yana bir hafta öynayman», – dedim, lekin içimda fikrim özgara boşlagandi.
Ikki yil ötib, buvam tribunada ötirar, men esa, «Fluminense»ning asosiy tarkibida Marakanaga çiqib kelardim. Nazarimda, u hammasini bilgan, menga işongan va menga tikkan edi. Men uning uçun şunçaki lotereya emasdim.
18 yoşga tölganimda Yevropa klublari paydo böla boşlaşdi. TsSKA menga qiziqayotganini eşitdim, «Sevilya» ham bor edi. U paytlarda «Sevilya» juda kuçli namoyiş etayotgan, jamoa tarkibida bir neçta braziliyalik bor edi – «bu juda zör-ku!».
Kunlardan birida esa, bir agent menga telefon qilib söradi:
«Real Madrid»ga borişni istaysanmi?»
Bölmasamçi! Men bu agent kim ekanini bilmasdim, ammo u meni «Real»ga borişim mumkinligiga işontirdi.
Bir neça hafta ötib, Portu Alegrida öynayotganimizda, «Real» men bilan uçraşişga kimnidir yuborgan ekan. U odam men bilan uçraşdi va kim bilan yaşaşim, sevganim bormi yoki yöqmi, suriştira boşladi. U odamda «Real»ning emblemasini ham, biror hujjatni ham körmaganim uçun şubhalana boşladim: Rostanam u «Real»dan kelganmi yoki samolyotga ötkazib, qanaqadir Sibirga jönatib yuborsa-ya?
Ikki kundan keyin telefon qilişdi va «tibbiy körik»dan ötiş uçun Madridga borişim kerakligini aytişdi. Yana şubhalar kemira boşladi. Nahotki bu işlar şunday amalga oşsa?
Meni ham tuşuninglar, bilasizmi 16 yoşimgaça Çempionlar Ligasi degan turnir borligini ham bilmaganman. Bir voqea esimda, Xeremdagi dam oliş xonasida ötirardik, bir neça şeriklarim «Portu» va «Monako» örtasidagi öyinni tomoşa qilayotgandi. Öyin qanaqadir tezkor, stadionning çimi, muxlislar hammasi ajoyib körindi. Öşa paytlarda Braziliya ligalarida yoruğlik bu darajada bölmasdi. Maysalar ham bu qadar yaşil emasdi. Öyin göyoki, umuman men bilmaydigan boşqa planetada bölayotgan translyatsiyaga öxşardi.
- Nima bu, qanaqa liga?
- Çempionlar Ligasi.
- Qanaqa çempionlar?
- Ovsar, bu Çempionlar Ligasi finali!
Men uning nima haqida gapirayotganini bilmasdim. Braziliyada Çempionlar Ligasi faqat pullik kanallarda berilar, bizga öxşagan oddiy odamlar köra olmasdik.
Xullas, men Madrid samolyotidaman. Aytdim-ku, men hali ham nima bölayotganini tuşunmasdim, hozir boraman, ozgina gaplaşamiz, tamom. Uçraşuvga borgaç, stolda tayyor şartnoma turganini körib, aqldan ozayozdim va öşa la'nati qoğozga darrov imzo çekdim. Xodimlar menga kostyum-şim kiygizib, jurnalistlarga namoyiş qildilar. Oilamdagilarning aytişiça, bu haqida Globo Esporte efirida körsatilmagunça, ular ham heç narsaga işonmay ötirişgan ekan.
Bu holat men uçun fantastika tuyulganining yana bir sababi, Roberto Karlos mening kumirim edi. U men uçun haqiqiy qahramon, u bilan bir jamoada bölişga işonişim juda qiyin bölayotgandi.
Kiçkina Marselito kompyuter öyinlaridagi jamoada paydo bölib qolgandi.
Ular meni tiriklayin yeb qöyişlari mumkin edi. Ammo ruxsat bersangiz, «Real»dagi eng muhim jihatini aytsam. Uning öziga xos ekani ham şunda. Birinçi kuniyoq Roberto Karlos yonimga keldi va öz telefon raqamini berib, agar yordam kerak bölsa, murojaat qilişim mumkinligini aytdi.
Madriddagi ilk Rojdestvo kunida u meni va rafiqamni uyiga taklif qildi. U mening kumirim, bir pozitsiya uçun raqobat qilamiz. Balki köpçilik men bilan bunday munosabatda bölmasdi. Lekin u Roberto Karlos, şu qadar öziga bölgan işonçi kuçli ediki...
Men uning maydondagi harakatlaridan ham zavqlanardim. Roberto Karlos çap qanotning boşidan oxirigaça xukmron bölib olardi.
«Meni yoqtirasizmi yoki yöqmi, men şu yerda bölişim kerak. Men hujum qilişim kerak. Men buni istayman. Orqada muammo bölişi mumkinmi? Balki. Buni tuzatamiz, lekin avvalo, hujum qilişimiz kerak».
Bu darajada işonç bilan öynaş uçun şeriklar bilan ham zör munosabat bölişi kerak. Fabio Kannavaro menga yaqin bölgan tomonda öynardi va doim menga – «Marselo, boraver, men qarab turaman. Qörqma, men Kannavaroman» derdi.
Hozir xuddi şu işni Kazemiro qilyapti. U doim menga hujumga boraverişimni, himoyaga qarab turişini aytadi. Oh, Kazemiro, bu mening hayotimni qutqardi. U tufayli, uning yonida men 45 yoşgaça mana şunday xotirjam öynaşim mumkin.
Yozda Roberto Karlos jamoani tark etdi va endi men köproq maydonga tuşa boşladim. Kiçkina Marselito uça boşladi.
Dam olgani Braziliyaga borganimda, buvamning xonasiga albatta kirardim. U qanday xona, aytaymi? U olti yoşimdan boşlab, menga tegişli hamma narsani yiğar va eski şkafiga yasatib qöyardi. Urgan gollarim, rasmlar, men haqimda gazetalarda çiqqan maqolalar, hammasini qirqib, ramkaga solar va şkafga qöyardi. «Real»dan borib qarasam, hali ham öşa işni qilyapti. Biz La Ligani yutgandik, demak şkaf rosa töladigan böpti-da. U heç narsani ötkazib yubormasdi. Men doim bu xonaga ikki narsani qöşişni xohlardim. Çempionlar Ligasi kubogini kötarib turgan rasmim va xuddi Romario kabi, jahon çempioni sifatida Braziliya bayroğiga öralib olganimni.
2014 yilda Çempionlar Ligasi finaliga çiqdik. Men öşa öyingaça tört öyinda asosiy tarkibda tuşdim, ammo murabbiy finalda zaxira örindiğida qoldirgaç, oçiğini aytsam, juda xafa böldim. Avval şunaqa böldi, lekin negadir öşa oqşom men bilan qandaydir buyuk voqea sodir bölişini sezardim va öz vaqtimni kutib ötirdim.
Biz öyin oxirlarigaça hisobda orqada bordik. Keyin esa, Serxio Ramos yana boşi bilan bizni qutqarib qoldi. Bu bola nega şunaqa bilmayman. Balki hamma gap uning soçidadir. Xullas, murabbiy men va Iskoni oldiga çaqirib, maydonga tuşişimiz kerakligini aytganida, öta jahldor holatda edim. Yaxşi ma'noda, albatta. Men ğalaba qozoniş ötida yonardim.
Qöşimça vaqtda gol urganimda, xuddi miyam işlamay qolganga öxşardi. Nima qilişni bilmay qoldim, avvaliga futbolkamni yeçaymikin, deb öyladim, keyin sariq kartoçkadan qörqdim. Jiddiy bölib oldim. Qayerdandir yiği keldi. Bu tentakona hissiyotlar edi.
Ön yil oldin men Xeremdagi televizorda körib, nima ekanini bilmaganim Çempionlar Ligasi kubogini qölimda kötarib turardim. «Real» tarixidagi öninçi mana şunday kubokni.
Finaldagi ğalabamizdan bir neça oy ötib, Rioda buvam vafot etdi. Men mana şunday odam yaşaganidan faxrlanaman va aynan u tufayli men mana şu darajagaça yetib kelgandim. Ba'zida öylab qolaman, ön bir yildan beri «Real»daman, şunça yildan beri Braziliya terma jamoasida öynayman. Men kabi tentak himoyaçi uçun köp emasmi? Qanday qilib haligaça öynab yuribman, hayronman.
Har kuni, «Real» bazasiga kelar ekanman, meni juda katta hissiyotlar çölğab oladi, mana şu buyuk klub tarixining bir bölagi bölib qolişimga işona olmayman. Bu yuzimda bilinmasligi mumkin, ammo içimda haliyam bu klubning buyukligi meni qörqitadi, işoning.
Ammo mening yana bir katta orzuim bor. 2018 yilda Braziliya yana jahon çempionatida öynaydi. Bir narsani yozib, saqlab qöying, Tite ajoyib murabbiy va biz u bilan yana çempionlik şohsupasiga qaytamiz. Işonasizmi, u murabbiylikka tayinlangan ilk kuniyoq menga qönğiroq qildi:
«Men albatta kafolat bermayman, lekin bir kuni terma jamoada öynaşga taklif qiliş uçun sizga qönğiroq qilsam, tayyormisiz?»
Bu men uçun juda katta narsa edi. Ön bir yillik davrda birinçi marta terma jamoa murabbiyi menga şaxsan qönğiroq qilgandi. Men Titedek odam uçun uruşga borişim mumkin hatto, u uçun va buvamning xonasiga jahon kubogini qöşib qöyiş uçun qölimdan keladigan hamma narsaga tayyorman.
Lekin agar buni eplay olmasam, nima deyişim mumkin? Baribir Marseloligimça qolaman. Baxtli Marselo...
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi