Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiyaga Yevroittifoqdagi a'zolik kerak emas
Foto: RIA "Novosti"
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Anqaraga Yevropa ittifoqidagi a'zolik kerak emas. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya YeI bilan bu masala bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishga tayyor.
«YeI bizni kutishga majbur etayapti. Biz sabr qilmoqdamiz. Agarda, siz adolatli bo‘lsangiz, bayonot bering hamda buni umuman tugatib qo‘ya qolamiz. Sizning bizga keragingiz yo‘q», - dedi u.
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim iyul oyida Anqara Yevropa ittifoqiga kirishni hamon xohlayotgani, biroq blok hozirgi paytda o‘zgarishi lozimligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:52 / 24.01.2026
Rossiya tankeri O‘rta Yer dengizida boshqaruvni yo‘qotdi
15:54 / 22.01.2026
Merkosur bilan erkin savdo kelishuvi: yevrodeputatlar yuridik tekshiruv talab qildi
12:17 / 19.01.2026
Yevroittifoq AQSh bilan savdo kelishuvini ratifikatsiya qilishni to‘xtatadi
16:16 / 30.12.2025