Jamiyat | 11:00 / 13.10.2017
5767
2 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bek tumanida talonchilik jinoyatini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman IIB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan birgalikda talonchilik jinoyatini sodir etgan shaxsni qo‘lga oldilar.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida 28 sentabr kuni soat 15.00da, «Buyuk ipak yo‘li» metro bekati oldida, 1993 yilda tug‘ilgan, Yashnobod tumani, Aviasozlar 1-2-uyda yashovchi X.A., 1990 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chimkent yo‘li ko‘chasida yashovchi M.D.ning orqa cho‘ntagidan 500.000 so‘mlik "Samsung Galaxy J-3" uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, ushlandi.
  
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid