Jamiyat | 09:11 / 13.10.2017
14063
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlardan kunlik yig‘im miqdori o‘zgardi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabrdagi 810-son qaroriga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga o‘zgartirish kiritildi.

2017 yil 9 oktabrdan boshlab joylashtirish vositalari tomonidan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmon uylari, o‘tovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari – vaqtincha yashash xizmatlari ko‘rsatuvchi obektlar) xorijiy fuqarolar va O‘zbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega bo‘lmagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida (2017 yil 9 oktabr holatiga 14977,5 so‘m) joylashtirish vositalarida yashagan har bir kuni uchun undiriladi. 

To‘liq bo‘lmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yig‘im to‘liq yashalgan kun miqdorida undiriladi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid