Amerikalik sayyoh O‘zbekiston safaridan olgan taassurotlari bilan bo‘lishdi

Illyustrativ foto
Uzoq muddatli sarguzashtlarni xush ko‘ruvchi amerikalik sayyohatchi Chak Penington O‘zbekistonga uyushtirgan safari va undan so‘ng mamlakat to‘g‘risida paydo bo‘lgan ajoyib xotirasini chop etdi. Kun.uz ana shu safar taassurotining o‘zbek tiliga tarjima qilingan ko‘rinishini sizga havola etadi.
“Mening turli yurtlarga sayohat qilganimni bilgan sayyohlik agentligi xodimi biroz suhbatlashgandan so‘ng, O‘zbekistonga borishim kerakligini aytib qoldi va men bunga rozi bo‘ldim. Sentyabr oyida serquyosh o‘lkaga yo‘l olgan sayyohlar jamoasi ichida, men yagona amerikalik edim. Ochig‘i, boshida bu meni ikkilantirib qo‘ydi. ”To‘g‘ri qaror qabul qildimmi?", deya o‘z-o‘zimga savol beraverdim.

Aeroportdan tushib kelishim bilan, o‘zbek xalqi qandaydir maxsus mehmonni kutib olganday alohida noziklik bilan muomala qilishi - mendagi barcha shubhani yo‘q qilib yubordi. O‘zbekiston haqida chetda ko‘pincha bu joy sayyohlar uchun xavfsiz joy emas, qabilidagi aqidani eshitgandim. Lekin, men bu joyda o‘zimni juda-juda xavfsiz his qildim”, deydi sayyoh.
Peningtonni O‘zbekistondagi tarixiy-madaniy binolar, hatto yo‘lakda qo‘l bilan bostirilgan toshlar ham hayratga solganini yozadi.

“Ayrim ko‘chalarda aholi gavjum markazlar qayerda ekaniga ishora qiluvchi yo‘laklar mavjud. Umuman olib qaraganda, Islom madaniy obidalari bilan zamonaviy uslub uyg‘unlashib ketgan. Chilustun binosi haqida eshitgandim, shu zahoti u yerni ham ziyorat qilishga otlandim. Ustun aslida qirqta emas, balki suvdagi aksi bilan hisoblansa shuncha chiqadi”, deb fikr bildirgan u.

O‘zbekistonning cho‘l-dasht hududlariga tashrif buyurgan sayyoh tuya mingani haqida maroq bilan so‘z yuritadi.
“Ochiq osmon ostidagi o‘tovda dam olish, buning ustiga gulxan atrofida isinib o‘tirish - aynan men orzu qilgan yumushdan biri. Qayga borsam ham mahalliy aholi menga qiziqish bilan qaraydi, yordam berishga, tillashib, birozdan so‘ng suratga tushishni istaydi. Ayniqsa, uning xonadonida tekinga mehmon bo‘lishingizni iltimos qiladi.

Albatta, barcha turdagi sayyohlar O‘zbekistonni birdek sevib qoladi, deya olmayman. Ammo bu yurt tajribali, ko‘pni ko‘rgan kishi uchun qiziqarli maskan, eng kamida hayotni boshqa nigohda ko‘rishni istasangiz O‘zbekistonga keling”, deb fikrini yakunlagan u.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

13:38 / 17.05.2025
O‘zbekiston BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga nomzod bo‘ldi

16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi

18:30 / 18.04.2025
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi

19:50 / 08.01.2025