Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda turistlar tashrif buyurishi taqiqlangan hududlar ochildi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonga xorijiy sayyohlarni jalb qilish va mahalliy sayyohlar sonini ko‘paytirish maqsadida 2018 yil 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 398-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori bilan sayyohlarning tashrif buyurishi uchun taqiqlangan ba'zi obektlar va hududlarni chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasining matbuot xizmati xabar qildi.
Endi quyidagi joylarga ham tashrif buyurish mumkin:
– Suffa platosidagi radioastranomiya majmuasi (RT-70) va Jizzax viloyati Zomin tumanidagi unga tutash hudud;
– Jizzax viloyati chegarasida — Guralashsoy, Zomin sanatoriyasidan Suffa platosi orqali yo‘l va Muzbuloq qishlog‘igacha bo‘lgan Qizilmozor tabiiy hududi;
– Qashqadaryo viloyati chegarasida — Qalasoy darasidagi Temurlang g‘ori, Toshqo‘rg‘on qishlog‘i, Qalasoy darasidagi dinozavrlar izlari, Qalasoy darasidagi sharshara, Suvtushar sharsharasi, Jovuz, G‘ilon, Kul qishloqlari, Xo‘ja Karshavar platosi, Janka ko‘li, Severtseva muzligi, Hazrat Sulton ziyoratgohi.
Mavzuga oid
20:03 / 26.03.2026
Namanganda 150 mln dollarlik turistik majmua quriladi
21:26 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi quriladi
11:22 / 20.03.2026
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
19:42 / 18.03.2026