17:30 / 13.10.2017
12698

Uzairways Toshkent-Dushanbe-Toshkent reysiga narxlarni pasaytirdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi joriy yilning 13 oktabridan boshlab Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha tarifni pasaytirmoqda.

Aviakompaniya ma'lumotiga ko‘ra, Toshkentdan Dushanbega chipta narxi 75 yevroni va Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yig‘imlarni hisobga olgan holda 153 yevroni tashkil etadi.

Dushanbedan Toshkentga aviatashuvning yakuniy qiymati 87 yevro bo‘ladi, deya ta'kidlaydi aviakompaniya.

Aviachiptalarga O‘zbekiston hududida to‘lov sotuv kunidagi O‘zbekiston Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Tojikiston poytaxtiga haftasiga bir marta, seshanba kunlari A320 samolyotlarida reyslarni amalga oshirmoqda.

Top