Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo markaziy banklari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2017 yil 13 oktabr kuni XVJ va Jahon banki boshqaruv direktorlari Kengashi majlisining birinchi kunida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari Markaziy banklari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston Markaziy banki rahbari Mamarizo Nurmuratov ishtirok etdi.
Unda dunyoning ushbu mintaqalarida va umuman jahondagi pul-kredit siyosatining instrumentlarini takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Mintaqalarda yanada yuqori o‘sishga turtki berish va barqarorligini ta'minlashda zarur bo‘lgan pul-kredit va moliya siyosatini isloh qilishga katta e'tibor qaratilgan.
O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki raisi majlis ishtirokchilariga respublika pul-kredit siyosatida olib borilayotgan islohotlar, xususan valyuta bozorini liberallashtirish hamda ushbu yo‘nalishdagi rejalar va vazifalar haqida ma'lumot berdi.
Mavzuga oid
10:17 / 16.07.2026
O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
10:35 / 10.07.2026
Jahon banki O‘zbekiston uchun eng istiqbolli uch sohani sanadi
21:16 / 29.06.2026