Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Disney multfilmidagi kabi antiqa ot turi yetishtirildi
AQShda Disney kinostudiyasi multfilmidagi uchqur ot ko‘rinishidagi ot turi chiqarildi. Bu otning tumshug‘i ancha egilgan holda bo‘lib, u katta burun teshiklari va katta ko‘zlarga ega. Veterinarlar bu ot xususida bong urmoqdalar: ularning fikricha, ushbu otda noodatiy ko‘rinishi tufayli nafas olishda muammolar chiqadi. Ot egalari esa buning aksini ta'kidlab, ot sog‘lig‘ida hech qanday muammolarga duch kelmasligini aytmoqdalar. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Bu ot arab zotiga mansub bo‘lib, u Vashingtondagi fermada yetishtirilgan. Ferma egalari otni "mukammallikka qadam" deb atashmoqda. Uning narxi millionlab dollarga baholanmoqda.
Mutaxassislar bu kabi "tajribalar"ga qarshi chiqishmoqda. Britaniyalik veterinar Tim Gritning ta'kidlashicha, arab otlari tumshug‘i egilganroqligi bilan ma'lum bo‘lsa-da, biroq bu otning tumshug‘i "haddan tashqari egilvorilgan". Uning qo‘shimcha qilishicha, bu turdagi deformatsiyalar bilan otning itlarga nisbatan nafas olishi qiyin bo‘ladi. Bunday tajribalar itlarda ham o‘tkazilmoqda.
"Itlar odamlar kabi og‘zi bilan nafas ololadi, biroq otlar faqat burni bilan nafas oladi. Fikrimcha, bu otning jismoniy faolligi cheklanadi", deb aytgan mutaxassis.
Mavzuga oid
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026