Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivada besh yulduzli mehmonxona quriladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Farovon” mehmonxonasining qurilish uchastkasida bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Xiva shahri Amir Temur ko‘chasida qurilishi rejalashtirilgan ushbu mehmonxona qadimiy me'morchilik uslubida 3 qavatli qilib bunyod etiladi. Unda turli darajadagi mehmonlarga mo‘ljallangan xonalar, konferensiya zallari, sport maydonchalari, restoranlar, ko‘ngilochar maskanlar va boshqa imkoniyatlar bo‘ladi. Mehmonxonaga fransiyalik ishbilarmonlar investitsiya kiritadi.
Bu yerga kelishimizning asosiy maqsadlaridan biri Xivani turistik zonaga aylantirish bo‘yicha qilayotgan sa'y-harakatlarimizni yana bir bor tahlil qilishdan iborat, dedi davlat rahbari. Turizmni rivojlantirish uchun avvalo sayyohlarga sharoit yaratish zarur. Shu maqsadda kelgusi uch yilda Xivada 20 ga yaqin mehmonxona quriladi. Bu mehmonxona besh yulduzli, mamlakatdagi eng yaxshi mehmonxonalardan biri bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026