Jamiyat | 19:10 / 15.10.2017
17870
2 daqiqa o‘qiladi

Agressiv saraton sababi ma'lum qilindi

Foto: no-onco.ru

Shirinliklarni ko‘p iste'mol qilish xavfli o‘simtaning faol o‘sishini rag‘batlantiradi. Nature Communications jurnalida chop etilgan Flamand biotexnologiyalar instituti hisobotida shu haqida ma'lum qilindi. 

Mutaxassislar keng ko‘lamli to‘qqiz yillik tadqiqot o‘tkazib, uning davomida Varburg effekti - metabolik o‘zgarishlar va onkologik faollik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Olimlar tajribalarda hujayralari saraton o‘simtalaridagidek oqsillarga ega bo‘lgan xamirturushdan foydalanishgan. 

Ta'kidlanishicha, saraton hujayralari sog‘lom hujayralardan farqli o‘laroq, glyukozaning ajralishi hisobiga energiyaning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Mazkur fenomen to‘xtovsiz saraton rivoji va o‘sishi siklini ishga tushiradi. 

"Biz xamirturush misolida fruktozo-1,6-difosfat orqali oqsillar faollashuvi ro‘y berganini kuzatdik, bu esa ham xamirturushli, ham xavfli o‘simtalarning ko‘payishini rag‘batlantiradi", - deydi tadqiqot mualliflaridan biri Yoxan Teveleyn. 

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, aniqlangan bog‘liqlik saratonga yo‘liqqan bemorlar uchun individual parhezlar tuzishda yordam beradi. 

Mavzuga oid