Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Dunyoning eng befoyda aeroporti" birinchi muntazam reysni qabul qildi
Foto: twitter.com/@sthelenatourism
Jurnalistlar tomondan "dunyodagi eng befoyda aeroporti" deb atalgan, Avliyo Yelena orolidagi aeroport ilk muntazam yo‘lovchi reysini qabul qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
"Ilk yo‘lovchilar Avliyo Yelena aeroportida samolyotdan chiqmoqdalar. Barchamiz uchun muhim on", deb aytilgan mahalliy sayyohlik kompaniyasi xabarida.
Buyuk Britaniyaning dengizorti hududidagi bu aeroportni qurish 320 mln yevroga aylangan. Aeroport qurib bitkazilgach, undagi kamchiliklar sababli katta samolyotlarni qabul qila olmasligi aniqlangan. Chiptalarga talab ham katta bo‘lmagan.
Aeroportga ilk tijoriy reys u ochilgandan bir yil o‘tibgina – 2017 yil may oyida kelgan. 14 oktabrda esa aeroport Yoxannesburgdan SA Airlink kompaniyasining laynerini qabul qildi va bu aeroport qabul qilgan ilk muntazam yo‘lovchi reysi bo‘ldi.
JAR aviakompaniyasining xizmatlaridan 78 kishi foydalangan, samolyot parvozi 6,5 soatni egallagan. Kompaniyada samolyotlar ushbu aeroportga har hafta uchishiga va'da berilgan.
Avliyo Yelena oroli Atlantika okeanida joylashgan bo‘lib, Britaniyaning dengizorti hududi hisoblanadi. Napoleon Bonapart Vaterloodagi urushda mag‘lub bo‘lgandan so‘ng aynan shu orolga surgun qilinib, hayotining so‘nggi kunlarini shu yerda o‘tkazgan.
Mavzuga oid
20:51 / 05.03.2026
Toshkent – Samarqand avtomagistralining loyihaviy tezligi 150 km/s etib belgilanadi
21:12 / 02.03.2026
Dubayning ikki aeroporti dushanba kuni kechqurun cheklangan rejimda ish boshlaydi
14:44 / 24.02.2026
Toshkent xalqaro aeroportida qushlar xavfiga qarshi lochinlar jalb etildi
11:35 / 11.02.2026