«Xristofor Kolumb kabimiz» - Turkiya-AQSh munosabatlari turk jurnalisti nigohida
Yevropa sohillaridan Atlantika okeanning g‘arbiy qismiga qarata suzgan Xristofor Kolumb Hindistonga borishni niyat qilgan. 525 yil avval 1492 yilning 12 oktabrida Kolumb Shimoliy Amerikaga yetib borgan, deb yozadi Turkiyaning «Hurriyat» gazetasi jurnalisti Unal Cheviko‘z (Ünal Çeviköz) o‘z maqolasida.
O‘shanda Kolumb hamli yangi materikni ochganini bilmas edi va birinchi bo‘lib uchratilgan yerlar G‘arbiy Hind (West Indies) orollari deb nomlangan. Amerika qit'asida 12 oktabr o‘zi bilmagan holda Amerikani ochgan dengizchining sharafiga «Kolumb kuni» sifatida bayram qilinadi. (Fursatdan foydalanib, tasdiqlangan ma'lumotlarga ko‘ra Amerika qit'asini ilk marta XI asrda vikinglar ochishganini eslatib o‘tish joiz).
Kolumbning beixtiyor kashfiyotiga 525 yil to‘lganiga qaramasdan, Turkiya Amerikani anglash masalasida aql bovar qilmas yengiltaklik qisqichida azob chekmoqda. Turkiya-Amerika munosabatlarining tarixi uncha uzoq emas. Ikkinchi jahon urushidan keyin, Koreya urushi chog‘ida biz Turkniyaning geosiyosiy va geostrategik ahamiyatini juda yaxshi anglagan AQSh bilan yaqindan tanishib oldik. Biz 1952 yilda NATO a'zosiga aylanganimizdan so‘ng Turkiya va AQSh o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari shakllana boshladi.
Bugun paydo bo‘lgan so‘nggi vizaga oid inqiroz tufayli biz turk-amerika munosabatlari tarixidagi eng murakkab davrni boshdan kechirmoqdamiz. Nima uchun? Na Vashingtonda Turkiyaga nisbatan ishonch qoldi, na Anqarada AQShga nisbatan. Bu o‘zaro ishonch tanazzuli deyarli 70 yillik ittifoqchilik munosabatlariga jiddiy raxna soladi. Biz keyingi yillarda oldimizda paydo bo‘lgan har bir davlatga nisbatan qo‘llayotgan «strategik sherikchilik» tushunchasi ilgari faqat AQShga nisbatan qo‘llanardi. Endi esa bu tushunchani AQShga nisbatan eng kam qo‘llamoqdamiz.
2009 yildan to 2013 yilgacha AQSh davlat kotibining yordamchisi, 2013 yildan 2015 yilgacha prezidentning maxsus maslahatchisi, OQ uyning Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazi mintaqasidagi yo‘riqchisi bo‘lib ishlagan Filip Gordon o‘zining hafta boshida Financial Times nashrida e'lon qilingan maqolasida Turkiya avvalgidek emas, degan to‘xtamga kelgan. Fil Gordon — Amerikaning e'tiborli diplomati, Turkiyani yaxshi biladi, tashqi ishlar vazirligimizdagi ko‘plab diplomatlar va sobiq vazirlarni shaxsan taniydi. Shu sababli Gordonning Turkiya xususidagi kuzatuvlari AQShning Turkiya haqidagi nuqtai nazarini tushunish uchun yetarli.
Gordonning maqolasida AQShning Turkiyaga nisbatan yovgarchiligi 72 foizga yetgani ta'kidlanadi. Turkiyada o‘tkazilgan ijtimoiy fikr so‘rovlari ham shunga monand natijalarni ko‘rsatmoqda. Taassufki, turk jamiyatida aksilamerika kayfiyatlarini o‘t oldirish bilan bu ko‘rsatkich o‘smoqda, ikki mamlakat xalqlari esa tobora bir-biridan uzoqlashmoqda.
Ha, bugun AQSh va Turkiya Yaqin Sharq mintaqasi, avvalo Suriya masalasida jiddiy ziddiyatlar yuzaga kelgan. Bunga qaramasdan, viza masalasi AQShning Turkiyaga nisbatan noxolis munosabati tufayli yuzaga keldi, Turkiyani Suriyadagi Idlib muzofotida qaynoqliqni saqlab turgani uchun jazolashmoqda degan da'volar chindan ham asosga ega emas. Bundan tashqari, Suriya ozod armiyasi Idlibdagi operatsiyadan so‘ng Suriya hududida dastlabki muvaffaqiyatlarga erisha boshlaganida Pentagon o‘z bayonotida «Turkiyaning Suriyadagi to‘qnashuvlardan xoli xududlar yaratish, o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun Suriya Arab Respublikasida terrorizmga qarshi kurashishdagi hissasi»ni ijobiy baholagan edi.
Ostona jarayonlari doirasida Turkiyaning Suriyada to‘qnashuvlardan xoli hududlar yaratishga ko‘maklashish yo‘nalishida o‘tkazayotgan siyosati AQSh tomonidan dastaklanmoqda. Aslida AQSh xuddi shuningdek yarashuv kafilligini Rossiya bilan birga Suriya janubidagi, Iordaniya bilan chegaradosh Dar'a viloyatida ham amalga oshirmoqda. Boshqacha qilib aytganda, Suriyada rejim qurolli kuchlari va muxolifat o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish, IShID va boshqa terrorchilik harakatlariga qarshi birgalikda kurash kabi vazifalar janubda AQSh va Rossiya, shimolda esa Turkiya va Rossiya hamkorligida amalga oshirilmoqda. O‘z-o‘zidan, AQShga «nega Turkiya Rossiya bilan hamkorlik qilmoqda?» degan savolni jo‘rttaga o‘ylab topish va bu savolga «Turkiyaning manfaatlar o‘qi siljigan» degan zo‘rma-zo‘raki javob berishning keragi yo‘q, chunki bu mavjud voqelikka aslo mos kelmaydi.
AQShdagilarning tasavvuriga ko‘ra, so‘nggi yillarda Turkiya huquqiy davat prinsiplari va amaliyotlaridan jiddiy tarzda uzoqlashgan. Bunday fikr nafaqat AQShda, balki bu prinsip va amaliyotlarni ahamiyatli deb hisoblovchi va uni universal kriteriy deb hisoblovchi bizning barcha ittifoqchilarimizda paydo bo‘lgan. Turkiya bu tasavvurlarni to‘g‘irlashi kerak, chunki toki u saqlanib turar ekan, Turkiya universal qadriyatlardan uzoqlashmoqda, degan qarash kuchaya boradi. Filip Gordonning ham ta'kidlashicha, Turkiya Yaqin Sharq davlatiga aylanish yo‘lidan borayotganligi xususidagi taassurotni bir onda o‘zgartira olmaydi.
Siz balkim so‘rarsiz, bu taassurotni o‘zgartirish uchun qanday ehtiyoj bor, deb. Ehtiyoj bor, zero, Yaqin Sharqdagi barcha qo‘shnilarimiz Turkiyani g‘arb davlati deb biladi va unga taassub qilishadi. Lekin ular bunday emasligini anglaganlari zahoti, Turkiya ularning ko‘z o‘ngida o‘z jozibasini yo‘qotadi.
Mavzuga oid
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
17:22 / 17.11.2024