Sport | 08:10 / 15.10.2017
6833
2 daqiqa o‘qiladi

«Napoli» tezlik oldi. «Roma» safarda mag‘lub etildi 

«Napoli» Italiya A Seriyasining 8-turida «Roma» bilan o‘ynadi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol 20-daqiqada Lorentso Insine tomonidan urildi. Bu vaziyatda Fayzi G‘ulom chap qanotdan to‘pni Dris Mertensga oshirdi, belgiyalik futbolchi raqib jarima maydoniga kirdi va to‘pni Insinega oshirdi, lekin to‘p Daniele De Rossiga kelib tushdi, lekin u to‘pni Lorentsoga topshirib qo‘ydi va hujumchi osonlik bilan darvozabonni dog‘da qoldirdi.

Endilikda «Napoli» A Seriyada qatorasiga sakkizinchi g‘alabani nishonladi va 24 ochko bilan turnir jadvalida yakkapeshqadamga aylandi. Ikkinchi o‘rindagi «Yuventus» bu turda «Latsio»ga yutqazdi va neapolliklardan 5 ochko ortda qolmoqda (19 ochko), «Roma» 15 ochko bilan beshinchi o‘rinda.

Italiya chempionati
8-tur

Roma – Napoli 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 20 Insine.
Roma – Alisson, Bruno Peres, Manolas (Fasio, 59), Jyezus, Kolarov, de Rossi, Pellegrini (Jyerson, 78), Florentsi (Under, 71), Naynggolan, Perotti, Djyeko.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, G‘ulom, Allan, Jorjino (Diavara, 73), Hamshik (Zelinski, 71), Kallejon (Rog, 82), Mertens, Insine.
Ogohlantirishlar: Jorjino (43), de Rossi (53), Fasio (79), G‘ulom (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid