Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda Toshkent va Xiva yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdi bilan bog‘lanadi
2018 yilda Toshkent hamda YuNESKO tomonidan Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shahri o‘rtasida yuqori tezlikdagi Afrosiyob poyezdi yo‘lga qo‘yiladi.
Xorazm viloyatida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari 2019 yilga mo‘ljallangan dastur doirasida mintaqaning rivojlanishi va loyihalarni amalga oshirish sur'ati bilan tanishdi. Yig‘ilishda kelgusi yilda Toshkent va Xivani bog‘laydigan Afrosiyob tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yilishi ta'kidlangan.
Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda mamlakatda yo‘l tarmoqlari va bunga aloqador kommunikatsiyalarni rivojlantirish uchun ko‘plab ishlar amalga oshirilayotganini aytgan. Jumladan, harakatni tezlashtiruvchi zamonaviy transportga ega avtoyo‘llar va temir yo‘llar qurilmoqda.
Hozirgi vaqtda Buxoro va Miskin o‘rtasida 335 km. masofada temir yo‘llarni yotqizish amalga oshirilmoqda, bu shaharlar o‘rtasidagi qatnov vaqtini 4-5 soatga qisqartiradi. Bu O‘zbekistonga mamlakatda faol rivojlanayotgan turizm jihatidan ham foydalidir.
Mavzuga oid
07:54 / 06.05.2026
«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi Toshkent – Xiva yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
21:25 / 18.03.2026
2 maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi
14:24 / 14.03.2026