Jamiyat | 08:51 / 16.10.2017
4355
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy janubida tropik to‘fon tufayli 37 ming kishi ko‘chirildi

Foto: Reuters

Xitoyning janubiy Guandun viloyati hukumati o‘ta xavfli hududlardan 37 mingga yaqin kishini ko‘chirishga qaror qildi. Bunga “Xanun” nomli tropik to‘fonning mintaqaga yaqinlashib kelayotgani sabab bo‘ldi. U 16 oktabr kuni Xitoyning asosiy mintaqasiga yetib keldi. Suv toshqinlari va qurg‘oqchilik oqibatlariga qarshi kurash shtabi ma'lumotlarini Sinxua agentligi tarqatmoqda

Tabiiy ofatning asosiy zarbasi Chjantszyan, Maomin, Yantszyan va Tszyanmen shaharlariga to‘g‘ri kelgan. Bu yerda kuchlishamol va surunkali yomg‘irlar tufayli barcha sayyohlik obektlari yopilgan edi. So‘nggi kunlarda bu yerni 38 ming atrofidagi sayyoh tark etgan.  Tropik to‘fon sababli 48 mingdan ortiq baliqchilik kemalari portlarga qaytgan. 

To‘fonning shamol tezligi soniyasiga 28 metrni tashkil etmoqda. Ob-havo mutaxassislarining aytishlaricha, to‘fon janubi-g‘arbiy yo‘nalishda harakatini davom ettiradi. Uning kuchi faqat mamlakat janubida emas, balki sharqiy Futszyan va Chjetszyan shaharlariga ham ta'sir ko‘rsatmoqda. Surunkali yomg‘irlar va kuchli shamol Shanxayda ham humronlik qilmoqda.

"Xanun" bu yilgi tropik siklon mavsumida Tinch okeanida paydo bo‘lgan 20-to‘fon bo‘ldi. Xitoy Markaziy meteorologiya xizmati ma'lum qilishicha, Tinch okeanida "Len" nomli 21-tropik to‘fon paydo bo‘lgan.

Mavzuga oid