Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalidagi terakt qurbonlari soni 276 nafarga yetdi
Foto: FreeImages.com
Somali poytaxti Mogadishoda sodir etilgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni oshdi. Bu haqda Somali federal hukumati axborot vaziri Abdurahmon Umar Osmon tvitterda ma'lum qildi.
"Ash-Shabob"ning vahshiy hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 276 gacha va jarohatlanganlar soni 300 gacha yetdi", deb yozgan amaldor.
Avvalroq 231 kishi halok bo‘lgani va 275 kishi yaralangani ma'lum qilingandi.
Terakt 14 oktabrda shaharning Xodan tumanidagi mehmonxona yonida sodir etilgan. Portlovchi moddalar bilan yuklangan yuk mashinasi portlatilgan. Birorta terrorchilik guruhi ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan, biroq hukumat teraktni sodir etishda "Ash-Shabob" terrorchilik guruhini ayblamoqda.
Mavzuga oid
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
21:43 / 16.02.2026
Rossiyada «Krokus» terakti ishi bo‘yicha 15 nafar sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi so‘raldi
16:09 / 06.02.2026