Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘FFning yangi prezidenti Qatarda uchrashuvlar o‘tkazmoqda
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa bin Ahmad Ol Taniyning taklifiga ko‘ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, dunyodagi eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri sanalgan «Aspire» akademiyasiga tashrif buyurdi.
«Aspire» bizda juda katta taassurot qoldirdi. Ertaga Qatar Futbol Uyushmasi bilan memorandum imzolanishi oldidan, o‘ylaymanki, bugungi safar juda samarali bo‘ldi. Biz ikki mamlakatda bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish maqsadida ushbu akademiya bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz», deya Umid Ahmadjonovning so‘zlarini keltirgan O‘FF matbuot xizmati.


Umid Ahmadjonov bugun, shuningdek, «Aspetar» sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida bo‘ldi. O‘FF delegatsiyasi markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, «Aspetar»ning O‘zbekiston futboli uchun foydali jihatlarini yaqindan o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi.





Umid Ahmadjonov 17 oktabr kuni Dohada Qatar Futbol Uyushmasi prezidenti shayx Hamad bin Xalifa Ahmad Ol Taniy bilan uchrashadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar futboli rahbarlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda.
Qatar safari Umid Ahmadjonovning O‘FF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oshirgan uchinchi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyushmasi vitse-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgan edi.
Mavzuga oid
11:22 / 23.03.2026
Qatarda harbiy vertolyot halokati: yetti kishi vafot etdi
20:13 / 19.03.2026
Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga zarba berdi. Gaz narxi ko‘tarilib ketdi
22:38 / 17.03.2026
Finalissima-2026 bekor qilindi: Ispaniya – Argentina o‘yini o‘tkazilmaydi
19:08 / 14.03.2026