Jahon | 10:10 / 16.10.2017
2492
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela muxolifati gubernatorlik saylovi natijasini tan olmadi

Venesuelaning «Demokratik birlik bloki» mamlakatda bo‘lib o‘tgan gubernatorlik saylovlari natijasini tan olmadi. Bu haqda DBB saylovoldi kampaniyasi rahbari Xerardo Blayd ma'lum qildi.

«Hozir biz hech qanday natijani tan olmaymiz. Biz nomzodlarimizdan, ertalabdan boshlab ko‘chalarda biz hozir e'lon qiladigan narsani qo‘llab-quvvatlash uchun harakatlarni boshlashini so‘raymiz», — deya Blayd so‘zlarini keltiradi DBBning Twitter sahifasi

Avvalroq, Venesuela milliy saylov kengashi rahbari Tibisay Lusena, mamlakatning aksar mintaqasidagi gubernatorlik saylovlarida hukumat nomzodlari g‘alaba qozonganini bildirgan edi. 

Xususan, Barinas shtatida Venesuela sobiq prezidenti Ugo Chavesning kenja ukasi g‘alaba qozondi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid