Jahon | 09:39 / 17.10.2017
4112
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp noyabr oyining ilk haftasida Yaponiyaga boradi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ilk Osiyo safari doirasida 5-7 noyabr kunlari Yaponiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi o‘rinbosari Kota Nogami e'lon qildi, deb xabar qilmoqda TASS. 

"Tashrif 5 dan 7 noyabrgacha bo‘lib o‘tadi", - degan bosh kotib o‘rinbosari. Nogami, shuningdek, Yaponiya Tramp Osiyo safari doirasida tashrif buyuradigan ilk mamlakat bo‘lishini ta'kidlagan. Shundan so‘ng, Amerika yetakchisi Janubiy Koreya va Xitoyga yo‘l oladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid