Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eski hammom eski tos 2. O‘FF Ro‘ziqul Berdiyev nomzodida to‘xtadi
Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Bu haqda bir vaqtda championat.asia va sports.uz saytlari xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Joriy yil O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldida jiddiy o‘yinlar yo‘qligi bois O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ro‘ziqul Berdiyev nomzodida to‘xtalgan.
Endi ushbu mutaxassis shu yilning noyabrida BAA yoki Qatar terma jamoalaridan biriga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuviga terma jamoani tayyorlaydi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok sabab O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi iste'foga chiqarilgan edi.
Umid Ahmadjonov: «15-20 kunda terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanadi»
Sentyabr oyida O‘FFning yangi rahbariyati terma jamoa boshqaruviga xorijlik murabbiy olib kelinishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
02:23 / 09.06.2026
O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, Niderlandiyaga mag‘lub bo‘ldi
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
22:26 / 03.06.2026