Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada sinfdosh do‘stining 50 ming dollar pulini o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, olingan tezkor ma'lumot asosida boshqarma va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda sodir etilishi rejalashtirilgan bosqinchilik jinoyatini oldini olish maqsadida tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Quvalik tadbirkor Yu.A. halolligi va odamlarga ishonuvchanligi sababli yillar davomida yig‘ib kelayotgan 50 ming AQSh dollari miqdoridagi pullari borligini sinfdoshi A.T.ga aytadi. A.T. esa do‘stining pullarini qanday qilib bo‘lsa ham qo‘lga kiritish rejasini tuzadi. Bu g‘araz ishiga sherigi S.A.ni ham jalb qiladi. Rejani amalga oshirish belgilangan kuni tunda Yu.A.ning xonadoniga devor orqali tushayotganlarida viloyat IIB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tezkor xodimlari tomonidan A.T. va S.A.lar jinoyat ustida qo‘lga olindilar.
Surishtiruv ishlari davomida jinoiy guruh a'zolaridan ayollar kalgotkasidan yasalgan qora rangli niqob, bir dona qalpoq, ikki dona arqon ashyoviy dalil sifatida olindi.
Muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi va 277-moddasi bilan ikki marotaba sudlangan, 1962 yilda tug‘ilgan T.A. hamda muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi bilan ikki marotaba sudlangan 1978 yilda tug‘ilgan S.A.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026