Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish qoidalariga qo‘shimchalar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 13 oktabrdagi buyrug‘i bilan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014 yil 28 fevraldagi 53-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi.
Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respublika Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilinishini ta'minlashi belgilab qo‘yildi.
Mazkur buyruq rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:50 / 16.03.2026
Infratuzilma dasturidagi taqsimlanmagan mablag‘lar endi yangi tartibda ajratiladi
09:06 / 12.03.2026
Havodagi harakatni boshqarishga oid ayrim talablar bekor qilindi
09:13 / 06.03.2026
Xorijiy avtoulovlar uchun “tonirovka” bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
14:11 / 27.02.2026