Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonlik yigitlar qizni zo‘rlashdi
Foto: Rosbalt
Sankt-Peterburgda 1971 va 1995 yilda tug‘ilgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosiga zo‘rlash va jinsiy xarakterdagi zo‘ravon harakatlar moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Bu haqda «Rosbalt» Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining shahar bo‘yicha Tergov boshqarmasi matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.
Aniqlanishicha, migrantlar 13 oktabr kuni Budapesht ko‘chasidagi xiyobonda qizga hujum qilishgan. Ular qizning taxminan 100 ming rubllik narsalarini o‘marishgan, so‘ng uni zo‘rlashgan.
Ayni damda ayblanuvchilarni hibsga olish masalasi hal qilinmoqda. Ularning shu kabi jinoyatlarga aloqadorligi bo‘yicha ma'lumot tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
08:53 / 04.02.2026
Sankt-Peterburgdagi bayramga iqtidorli o‘quvchilar qolib, amaldorlarning farzandlari bordi
21:28 / 22.12.2025