08:45 / 18.10.2017
8570

«Yengilmas» «Napoli» «Manchester Siti»dan yengildi

Foto: Getty Images

«Manchester Siti» Chempionlar ligasining guruh bosqichi -turida «Napoli»ni qabul qildi. Manchesterdagi «Etihad — Siti of Manchester» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

9-daqiqadayoq Rahim Sterling «shaharliklar»ni olg‘a boshladi,  daqiqa o‘tib Gabriel Jyezus ustunlikni oshirdi 2:0. 

38-daqiqada Dris Mertens penaltini golga aylantira olmadi - Ederson vaziyat qahramoni.

73-daqiqada neapolliklar yana bir marta 11-metrli jarima zarbasini ijro etish huquqini qo‘lga kiritishdi, bu safar Amadu Diavara aniq harakat qildi.

Guruhning parallel kechgan ikkinchi o‘yinida «Shaxtyor» «Feyyenoord»ni Bernardning 2 goli evaziga mag‘lub etdi - 2:1.

F  guruhida 3 turdan keyingi vaziyat: 1. «Manchester Siti» — 9 ochko; 2. «Shaxtyor» — 6; 3. «Napoli» — 3; 4. «Feyyenoord» — 0.

Chempionlar ligasi
F guruhi
Manchester Siti Angliya – Napoli Italiya
 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 9 Sterling, 2:0 – 13 Gabriel Jyezus, 2:1 – 73, penalti Diavara.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Stounz, Uoker, Delf, Silva (Gundo‘g‘an, 76), Fernandino, Sterling (Bernardu Silva, 70), de Bryuyne, Sane, Gabriel Jyezus (Danilo, 87).
Napoli – Reyna, Albiol, G‘ulom, Xyusay (Madjo, 70), Kulibali, Hamshik (Una, 78), Diavara, Kallejon, Zelinski, Insine (Allan, 57), Mertens.
Ogohlantirishlar: Uoker (37), de Bryuyne (44), Fernandino (72), Albiol (74), Madjo (79).

Feyyenoord – Shaxtyor 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 7 Bergeys, 1:1 – 24 Bernard, 1:2 – 54 Bernard.
Feyyenoord – Jons, Niukop (Tornstra, 61), van Bek (Kramer, 77), Sen-Jyust, Xaps, Amrabat, El-Axmadi, Trindade, Bergeys, Yorgensen (Larsson, 67), Boetiyus.
Shaxtyor – Pyatov, Butko, Ordets, Rakitskiy, Ismaili, Fred, Stepanenko, Marlos (Zubkov, 90), Tayson, Bernard (Kovalenko, 70), Ferreyra (Xocholava, 77).
Ogohlantirishlar: Rakitskiy (48), Tayson (64), El-Axmadi (66), Kovalenko (77), Amrabat (87), Butko (90).
Chetlatish: Rakitskiy (75).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top