13:07 / 18.10.2017
13466

Toshkentda firibgar va qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi

«Lasetti» rusumli avtomashinani ijaraga olib berishni va'da qilib, 500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan firibgar qo‘lga olindi.

Yunusobod tumanida Yunusobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda «Lasetti» rusumli avtomashinani ijaraga olib berishni va'da qilib, 500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yunusobod tumanida 2016 yil 21 dekabr kuni, noma'lum shaxs, 1985 y.t., Shayxontohur tumani, S.Xodjayev ko‘chasida yashovchi Sh.X.ga «Lasetti» rusumli avtoulovni ijaraga olib beraman deb va'da qilib, 500 AQSh dollarini olib, voqea joyidan yashiringan edi.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida, ushbu jinoyatni, 1982 y.t., Yunusobod 6-3-uyda yashovchi A.D. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB tomonidan fuqaro A.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, Shayxontohur tumanida Shayxontohur tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi.

IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berishicha, Shayxontohur tumanida 17 oktabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi JKning 105 m. 2 q. (qasddan badanga o‘rtacha shikast yetkazish) bilan ayblanib, 2017 yil 4 oktabridan qidiruvda bo‘lgan, 1989 y.t., Andijon viloyati, Bo‘z tumani, Xovos MFYda yashovchi X.Ya. «Korzinka.UZ» supermarketi oldida ushlandi.

Top