Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron sanoat, konlar va savdo vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi
2017 yilning 17 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Tehronda Eron Islom Respublikasining sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Shariatmadari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev va delegatsiyaning boshqa a'zolari ishtirok etgan suhbatda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish va diversifikatsiya qilish hamda investitsion hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarish O‘zbekiston-Eron munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta'kidlandi.
Uchrashuvda transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi va O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon xalqaro transport koridori bo‘yicha 2011 yil aprel oyida imzolangan bitim doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga tomonlar tayyor ekanligi tasdiqlandi.
Shuningdek, Tehronda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya bo‘lajak majlisining kun tartibiga oid masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
11:55
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida keskinlik: Eron katerlari AQSh tankeriga yaqinlashdi
10:49
Eronda og‘ir vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
16:27 / 02.02.2026
Eronda «Oskar»ga nomzod bo‘lgan film ijodkorlaridan biri hibsga olindi
14:58 / 02.02.2026