ECOBOZOR - O‘zbekistonda yangi shakldagi ekobozorlar tarmog‘i
Yaqin kunlarda odatiy oziq-ovqat bozorlari va supermarketlardan sezilarli darajada farq qiluvchi yangi ECOBOZOR loyihasi boshlanadi.
Odatiy supermarketda xaridni amalga oshirib, iste'molchi nafaqat yaxshi servisni, balki narxlarni taqqoslash, tabiiy mahsulotlarning keng assortimentini olish imkoniyatini istaydi. Boshqa tomondan, bozorga kelgach, xaridor kayfiyati va uning mahsulotlar tanloviga ta'sir ko‘rsatadigan qulay sharoitlarga ehtiyoj bor.
ECOBOZOR yangi shakldagi ekobozorlar tarmog‘i - bu odatiy oziq-ovqat bozori va zamonaviy savdo markazi qulayligi uyg‘unligidir. ECOBOZOR loyihasi bevosita qishloq xo‘jaligi va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga savdo joylarini taqdim etishga asoslangan. Bu yerda yuqori sifatli mevalar, sabzavotlar, ko‘katlar, sut, non va go‘sht mahsulotlari, ichimliklar, shokolad va qandolat maxsulotlari, pishiriqlar va yana ko‘plab shunga o‘xshash mahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin.
Shuningdek ekobozor xududida maishiy kimyo, dorixona va ko‘plab boshka dukonlar joylashgan bo‘ladi.
ECOBOZOR’ning afzalliklari
- mahsulotning sifatini nazorat qilish: odatiy bozorda bo‘lgani kabi, xaridorlarni faqatgina gigiyenik sertifikatlarga ega bo‘lgan sifatli mahsulotlar kutmoqda.
- keng turdagi mahsulotlar: o‘nlab sotuvchilardan birini tanlab, iste'molchi har doim izlayotgan mahsulotini topadi.
- savdolashish imkoniyati: bizning aholi xarid qilish madaniyatining ajralmas qismi.
- qulay sharoitlar: maydoni 10 000 kv.m.gacha bo‘lgan keng savdo zali, konditsioner va isitish tizimi, saranjom va toza vitrinalar, yoqimli muhit, oziq-ovqat aravalarining mavjudligi.
- barcha turdagi mahsulotlarning bir joyda joylashgani: sabzavotlar, mevalar, go‘sht va non mahsulotlari, ichimliklar va gastronomik ehtiyojlarni qondirish uchun barcha kerakli narsalar bir joyda.
- bepul avtoturargoh
ECOBOZOR konsepsiyasi mamlakat iqtisodiyotining agrosanoat sektorini rivojlantirish strategiyasiga to‘liq mos keladi. Loyihaning ishga tushirilishi bandlik bozoriga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligi darajasini oshirishga yordam beradi. Kelgusida ECOBOZOR loyihasini butun O‘zbekiston bo‘ylab ochish rejalashtirilgan.
Ijarachilarga qulay shartlar
ECOBOZOR hududida savdo joylari ijarachilari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan: sanitariya xizmati, xavfsizlik xizmati, sovutgich kameralari, tarozilar, vitrinalar va boshqa uskunalar ijarasi. Savdoning butunlay boshqacha shakli xaridorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilar bilan muloqotga kirishga, eng muhimi esa – u yoki bu mahsulotni tanlab, savdolashish imkoniyatini beradi. Professional marketologlar jamoasi va piar menedjyerlar xaridorlar oqimini oshirish ustida doimo ish olib borishadi. Mutaxassislarimiz har kuni iste'molchilarga yangi mahsulotlar va xizmatlar haqida habar berishadi. Raqobatchi korxonalarni tahlil qilishadi. Tadbirlar yaratib ECOBOZOR brendini O‘zbekiston bozorida muhimligini oshirishadi. Jamoaning asosiy vazifasi sotilayotgan mahsulotlarning sotuvini oshirish bo‘ladi.
Ijaraga masalasi bo‘yicha quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin: +998 97 4543330 +998 98 3602525
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:52 / 15.11.2024
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
08:00 / 07.10.2024