Mudhish qotillik: yigit o‘z amakisining qizini zo‘rlamoqchi bo‘ldi, so‘ng uni bo‘g‘ib o‘ldirdi
Xonqa tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan X.D. qizi, 1999 yilda tug‘ilgan, kasb-xunar kolleji talabasi Yu.D. 2017 yil 12 oktabr kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmaganligi sababli uni topishda yordam berishlarini so‘rab, tuman prokuraturasiga qilgan murojaati asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tuzilgan tergov-tezkor guruhi tomonidan qidiruv-surishtiruv ishlari boshlab yuborildi, deb xabar bermoqda Xorazm viloyati IIB.
Qidiruv-surishtiruv ishlari tezkor xodimlarni arizago‘yning ukasini uyi tomon yetakladi. Uy va uning yordamchi xonalarini ko‘zdan kechirgan tezkor xodimlar uy polining tagidan bo‘yin qismidan bug‘ib o‘ldirilgan Yu.D.ning jasadini topishdi.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida, ushbu qiz amakisining uyiga suv olish uchun kelganida, amakisining o‘g‘li, o‘zi bilan bir kollejda tahsil oluvchi, 1999 yilda tug‘ilgan Yu.J. uyda boshqa hech kim yo‘qligidan foydalanib, o‘z amakisining qizini nomusiga tegish maqsadida tashlanganida, qiz unga qarshilik ko‘rsatib, uning jirkanch ishini barchaga ma'lum qilib, sharmanda qilishini aytib, yordam so‘rab baqirganligi sababli, o‘zining kirdikorini yashirish maqsadida qizni bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirib, jasadini polning tagiga yashirganligi ma'lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayblanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024