Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama siyosatga qaytadi
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama mamlakatining siyosiy hayotiga qaytishga qaror qildi. U Virjiniya va Nyu-Jyersi shtatlari gubernatorlari lavozimlari saylovlarida Demokratik partiya nomzodlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.
Bu shtatlarda gubernatorlik saylovlari 7 noyabrda bo‘lib o‘tadi va bu AQShning 2017 yildagi siyosiy hayotidagi eng muhim hodisalar bo‘ladi.
Obama prezident lavozimidan ketgach, ta'til olib, deyarli omma oldida ko‘rinish bermay kelayotgandi.
Keyinroq u xotirnomalar yozayotgani ma'lum bo‘lgan, u derli ommaviy chiqishlar qilmagan va intervyular bermagan.
E'tiborlisi, Obama Richmondda chiqishi ma'lum qilingandan keyin, bu tadbirga chipta xarid qilish istagida bo‘lganlarning turnaqator navbatlari yuzaga kelgan.
Qayd qilish joizki, Obama AQShning eng ko‘p haq oluvchi sobiq prezidenti bo‘ldi – unga 2018 yilda ajratiladigan mablag‘ 1,15 mln dollarni tashkil qiladi.
Bu mablag‘lar 1950-yillarda qabul qilingan qonunga ko‘ra ajratiladi. Ularga sobiq prezidentlarga to‘lanadigan pensiyalar, ularning ofislari va aloqalariga ketuvchi xarajatlarni qoplovchi mablag‘lar kiradi. Sobiq prezidentlarni qo‘riqlash bu xarajatlarga kirmaydi. Taxminlarga ko‘ra, prezidentlarning xavfsizligini ta'minlash soliq to‘lovchilarga o‘nlab million dollarga tushadi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026