Jahon | 12:50 / 19.10.2017
27748
2 daqiqa o‘qiladi

RF Davlat dumasiga O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta'minlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi

Foto: Izvestiya

Rossiya Davlat dumasiga Moskva va Toshkent o‘rtasida Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston fuqarolarini maqsadli, aniq ish bilan ta'minlashga qaratilgan bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda Rossiya hukumati saytida ma'lum qilindi.

Shartnoma 2017 yil 5 aprel kuni Moskvada imzolangan. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Rossiya shaharlarida ishga joylashtirishdan avval immigratsiyaga qadar tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. U Rossiyada ishlash imkoniyati haqida ma'lumotni o‘z ichiga oladi; ishga joylashmoqchi bo‘lgan nomzodlarning ish beruvchilar bilan kelishuvi; ularni kompleks imtihondan o‘tishga tayyorlash; nomzodlarning salomatligini nazorat qilish; nomzodlarning xalqaro yoki davlatlararo qidiruvda ekanini tekshirish; ishga joylashish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va berish.

«Kelishuv mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xorijlik ishchilarni noqonuniy ravishda ish faoliyatiga jalb etilishining oldini olishga yordam beradi», - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Mavzuga oid