Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Abu-Saxiy” bozorida kissavur qiz ushlandi
2017 yilning 15 oktabr kuni taxminan soat 11:30 larda S.A. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumanida joylashgan “Abu-Saxiy” bozorida, fuqaro Sh.Sh.ning yonidagi sumkasidan bahosi 1.000.000 so‘m bo‘lgan «Samsung» rusumli uyali telefonini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni jabrlanuvchinig sumkasidan mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish (kissavurlik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026