Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada joriy yilda O‘zbekiston fuqarolariga barcha patentlarning qariyb yarmi berildi
Moskvada joriy yilning to‘qqiz oyi davomida mehnat migrantlariga 323 ming patentlar berildi, deya aytib o‘tdi iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamenti rahbari Vladimir Yefimov RBK’ga.
«Saxarovodagi ko‘p funksional migratsiya markazi 2017 yilning to‘qqiz oyi davomida 323 ming patentlarni berdi – bu o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 10 foizga ko‘p. Har yili migrantlarga taxminan 400 ming patentlar beriladi. Murojaatlarning 50 foizdan ortig‘i avval patentni rasmiylashtirganlar hissasiga to‘g‘ri keladi», - deya ma'lum qildi Yefimov.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, patentlarning 46 foizi O‘zbekiston fuqarolari tomonidan olingan, 32 foizi – Tojikiston fuqarolari. Keyingi o‘rinlardan Ukraina (12 foiz), Moldova (7 foiz) va Ozarboyjon (3 foiz) fuqarolari joy olishgan. Ukrainaning Yevroittifoqqa vizasiz borish huquqi berilganidan so‘ng patent uchun murojaat qiluvchi fuqarolari soni kamaymadi, deya iddao qilgan Yefimov. «Joriy yilning to‘qqiz oyida ukrainaliklarga qariyb 44 ming patentlar berildi, bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichlar bilan teng. Patent olish uchun murojaat qilgan barcha migrantlar orasidagi ukrainaliklar ulushi O‘zbekiston va Tojikistondan migrantlar soni o‘sishi hisobidan biroz pasaygan», - deya xulosa qilgan amaldor.
Moskvada joriy yilning ilk uch oyi davomida migrantlarga 85 ming patentlar berildi – bu 2016 yilning birinchi choragidan 21 foizga ko‘p, deya xabar bergandi «Interfaks». Birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha o‘sish 10 foizni tashkil qildi.
2015 yildan boshlab Rossiyaga ishlash uchun vizasiz keluvchi barcha xorijliklar mehnat faoliyati uchun patent olishlari kerak. Moskvada uning narxi oyiga 4,2 ming rubl (72 dollar)ni tashkil qiladi. Migrant ruxsat olishi uchun barmoq izlarini topshirishi, tibbiy tekshiruvdan o‘tishi va rus tili, Rossiya tarixi hamda qonunchiligini bilishi bo‘yicha test topshirishi kerak. Patentni rasmiylashtirish bo‘yicha barcha xizmatlar narxi kamida 11,4 ming rublni ($198) tashkil etadi, deyiladi Saxarovodagi markaz saytida. Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston fuqarolariga patentlar kerak emas, sababi bu davlatlar Bojxona ittifoqiga kiradi.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026