Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobchak prezident saylovlarida siyosiy dastursiz ishtirok etadi
Rossiya prezidenti saylovlarida qatnashish istagini bildirgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak The Guardian nashriga bergan intervyusida muayyan siyosiy dasturi yo‘qligini ma'lum qildi. Bundan avval esa u «barchaga qarshi» nomzod pozitsiyasini tutganini qayd etgandi.
Sobchak intervyuda g‘alaba qilishga imkoni katta emasligi, na siyosiy dasturi va na partiyaga ega emasligini tan olgan. Shunday ekan, unga Vladimir Putinning siyosiy rejimidan norozi odamlar manfaatini himoya qilishgina qoladi.
«Men «siyosiy vazn»ga ega emasman va shu bois o‘zimni biror siyosiy dasturni yo‘lga qo‘yishga haqli deb bilmayman», - dedi Sobchak. The Guardian uning bu bayonotini «prezidentlik kampaniyasini boshlayotgan inson uchun eng befarq bayonot» deya baholadi.
Sobchak Rossiyada avvalgi saylovlar adolatsiz bo‘lganini qayd etgan holda, saylovlarga boykot e'lon qilish o‘rniga norozilikni ifodalash imkonidan foydalanish muhimligini ta'kidladi. U yaqinda Putin bilan kechgan uchrashuvi mavzusiga yana murojaat qildi. «Unga qarshi nomzodimni qo‘yayotganimni yuziga aytsam, to‘g‘riroq bo‘ladi deb o‘yladim», - deydi Sobchak.
Kseniya Sobchakning so‘zlariga ko‘ra, Putin undan nomzodini qo‘yishni so‘ramagan. Uning kampaniyasini Kreml bilan bog‘lashga doir fikrni ehtimoliy nomzod uning diskreditatsiyasiga yo‘naltirilgan spekulyatsiya deb atadi. «Hukumat mening nomzodimga moyillik bildirishga qaror qilibdi. Bu juda ayyorona taktika», - dedi Sobchak.
Mavzuga oid
12:10 / 29.09.2025
Chexiya parlament saylovlari oldidan aralashuvdan xavotirda
11:59 / 29.09.2025
Moldova parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi
10:04 / 29.09.2025
Moldova parlamentiga saylovlarda hukmron partiya yetakchilik qilmoqda
18:17 / 25.09.2025