Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 dollar evaziga Tramp bilan kechki tamaddi qilish imkoniyati paydo bo‘ldi
2020 yildagi saylovlarda ishtirok etish istagini bildirgan AQSh prezidenti Donald Trampning saylov shtabi u bilan Dallas shahrida kechki tamaddi qilish huquqini yutib olishni taklif qilmoqda.
Shtab Trampning tarafdorlariga yo‘llagan maktubida ushbu huquqni qo‘lga kiritish o‘ynalishida ishtirok etmoqchi bo‘lganlar 20 oktabr yakunlanishigacha jamg‘armaga kamida 3 dollar xayriya qilishlari kerakligi aytilgan. Mablag‘larni AQSh Respublikachilar partiyasining milliy qo‘mitasi maxsus saytida kiritish mumkin.
Ushbu tadbir tashkilotchilari g‘olibga Dallasgacha parvoz va mehmonxonada turish xarajatlari qoplab berilishini va'da qilishmoqda. Shuningdek, g‘olib "hayotida bir marta bo‘ladigan bu hodisaga" o‘zi bilan yana bir kishini olvolishi mumkin.
Tramp AQSh tarixidagi eng nomashhur prezidentlardan biri bo‘lib qolmoqda. Real Clear Politics kompaniyasining o‘rtachalashtirilgan ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning prezident sifatidagi ishini 39,4 foiz amerikaliklar qo‘llab-quvvatlamoqda, 55,5 foiz amerikaliklar esa ma'qullamayapti.