Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp Jon Kennedi o‘limi bilan bog‘liq ma'lumotlarni oshkor etishga tayyor
Amerika yetakchisi Donald Trampning bayonot berishicha, u AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi qotilligi bilan bog‘liq hujjatlarni oshkor qilishga tayyor.
"Kelgusi ma'lumotlarni olgan taqdirimda, men prezident sifatida Jon Fittsjyerald Kennedi bo‘yicha uzoq vaqt jamoatchilikdan to‘sib qo‘yilgan maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilishga ruxsat beraman", — deb yozgan Tramp Twitter sahifasida.
AQSh milliy arxivi 26 oktabr kuni MRB va FQBning Kennedining o‘ldirilishiga doir 3,1 ming maxfiy hujjatni e'lon qilishga tayyor. Bu materiallar 25 yil mobaynida maxfiy tamg‘asi ostida edi. Prezident katta Jorj Bush 1992 yilda mazkur axborotlarni oshkor qilishni taqiqlovchi qonunni imzolagandi.

Avvalroq, Politico nashri Tramp katta ehtimol bir necha ming sahifalik hujjatlarning katta qismini mamlakat xavfsizligiga tahdid bahonasida e'lon qilishni taqiqlashi haqida yozgandi.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
14:54 / 29.04.2025