Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda yana portlash: 15 kishi halok bo‘ldi
Foto: Tolo
Afg‘onistonda 20 oktabrda masjidlarga uyushtirilgan hujumlardan keyin poytaxt Kobulda yana bir terakt amalga oshirildi. Ma'lum qilinishicha, bu terakt oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan va yana bir necha kishi jarohatlangan.
Tolo News telekanalining xabar qilishicha, terrorchi-xudkush portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobilni kursantlar va ularning mualliflari ketayotgan avtobusga olib borib urgan. Ushbu hujum marshal Fahim nomidagi harbiy akademiya yonida sodir etilgan. Terakt uchun javbgarlikni "Tolibon" guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Ushbu terakt Kobulda bir sutka ichida amalga oshirilgan ikkinchi terakt bo‘ldi. 20 oktabrda shialar masjidiga qilingan hujum oqibatida 50 dan ko‘proq kishi halok bo‘lgandi.
Ushbu teraktgacha bir necha soat oldin Kobuldagi xavfsizlikni ta'minlash xalqaro kuchlari bosh qarorgohi hududi raketalar hujumiga uchragandi. Ma'lum qilinishicha, ikkita raketa portlagan. Bu haqdagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 6:00larda berilgan.
Mavzuga oid
07:58 / 27.02.2026
Pokiston Afg‘oniston poytaxti Kobulga aviazarbalar berdi
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
21:43 / 16.02.2026