Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Rossiyaning ehtimoliy hujumini qaytara olmasligi ma'lum qilindi
Foto: Reuters
NATO sharqdan ehtimoliy zarbani tezkorlik bilan bartaraf eta olmaydi. Bunga sabab blok jamoaviy tuzilmasining eskirgani. Bu haqda Alyans ekspertlari hisobotida aytiladi. Uning mualliflari Boltiqbo‘yi va Skandinaviya davlatlari mudofaasini kuchaytirishga chaqirmoqda, deb xabar beradi RBK.
NATO Rossiyaning ehtimoliy hujumini eskirgan jamoaviy tuzilma sabab qaytara olmaydi, u «Sovuq urush» davrida yaratilgan, deb xabar qilgan Spiehgel Alyans ekspertlari hisobotiga asosan.
Spiegel’ning aytishicha, Boltiqbo‘yi va Skandinaviya davlatlari «eng ko‘p tahdidga Rossiya tomonidan uchraydi» hamda «tezroq» mustahkamlanishga muhtoj. «NATO tezkor kuchlari lozim bo‘lgan taqdirda tezlik bilan javob qaytara olishi borasida ishonch yo‘q», - deya hisobot mualliflari so‘zlarini keltiradi jurnal.
Rossiya Mudofaa vazirligi oktabr o‘rtalarida AQSh Polshaga qo‘shimcha zirhli tank brigadasini maxfiy tarzda yo‘llagani, shu tariqa, mamlakatdagi qo‘shinlari sonini diviziyaga qadar oshirganini ma'lum qilgandi. Rus harbiylari ma'lumotiga ko‘ra, Polshaga 2-zirhli tank brigadasi kelgan. Shu bilan birga, 3-zirhli tank brigadasi texnikasi mamlakatni tark etgani yo‘q.
Mavzuga oid
01:13
Zelenskiy hududiy masalani hal qilishning asosiy shartini aytdi
16:17 / 31.01.2026
Rossiya Trampning iltimosiga qaramay Ukrainaga yana zarba berdi
14:27 / 31.01.2026
Kanada Rossiya hududida vizalar berishni to‘xtatdi
14:26 / 31.01.2026