Jamiyat | 11:13 / 21.10.2017
6866
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada sovet yodgorliklarini buzishga ruxsat beradigan qonun kuchga kirdi

Foto: Reuters

Polshada kommunizm yoki boshqa totalitar davlat tuzumi tashviqotini taqiqlaydigan qonun kuchga kirdi. Bu qonun jamoatchilik foydalanishi uchun barpo etilgan inshootlar, idoralar va binolar nomini ham tartibga soladi, deb xabar qilmoqda RT.

«Polshaning barcha tarixi hokimiyat tepasiga kelgan «Huquq va adolat» partiyasi qarashlariga bo‘ysundirildi. Unga ko‘ra, Polsha 1939-1989 yillar oralig‘ida bosib olingan mamlakat bo‘lgan. Shunga muvofiq, ushbu davr mobaynida Polshada amalga oshirilganbarcha ishlar — zo‘ravonlik, totalitarizm va b. narsalar natijasidir. Shu munosabat bilan Polshani ozod qiluvchilar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorliklar zo‘ravonlar, o‘g‘rilar va bosqinchilarga o‘rnatilgan hisoblanadi», — degan Rossiya-Polsha muloqot va kelishuv markazi prezidenti Yuriy Bondarenko.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid