Jahon | 19:54 / 21.10.2017
8985
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya va Eron harbiy sohada memorandum imzoladi 

Foto: SANA

Suriya va Eron armiyasi bosh shtablari boshliqlari, generallar Ali Ayub va Muhammad Bokiriy ikki davlat qurolli kuchlari o‘rtasida o‘zaro harakatlar va harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish haqidagi memorandumni imzolashdi. Bu haqda Suriyaning SANA axborot agentligi xabar bermoqda

Hujjat "ikki do‘stona armiyaning harbiy tayyorgarlik sohasidagi hamkorligini kengaytirish, qurolli kuchlarning terrorchilikka va AQSh-Isroilning Yaqin Sharqdagi rejalariga qarshi jangovar qobiliyatini oshirish uchun jangovar tajriba, zamonaviy texnologiyalar va razvedka ma'lumotlari bilan almashish"ni nazarda tutadi. 

Eron generali Damashqqa tashrifi vaqtida (18-21 oktabr) Suriya prezidenti Bashar Asad tomondan qabul qilingan. U Asadga Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Hameneiyning nomasini yetkazgan. Oyatulloh nomada Suriya prezidenti va uning xalqini terrorchilikka qarshi kurashdagi g‘alabalari bilan muborakbod etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid